Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan 10-11-sinflar uchun ixtisoslik fanlar ro‘yxati, oʻquv reja va tushuntirish xati tasdiqlandi

Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan 10-11-sinflar uchun ixtisoslik fanlar ro‘yxati, oʻquv reja va tushuntirish xati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 7-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 242-son buyrug‘i qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 10-11-sinflarning turli ta’lim tillarida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ixtisoslik fanlari ro‘yxatlari tuzilgan.

 

Buyruq ilovalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

1-ilova: Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalar va tushuntirish xati — Faylni yuklash

 

2-ilova: Taʼlim rus tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash

 

3-ilova: Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash

 

4-ilova: Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan ikkinchi namunadagi namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:

 

  • bir hafta muddatda mazkur buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalarini hududdagi barcha ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish;
  • ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 2026-2027-oʻquv yilida oʻquv jarayonini mazkur buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy oʻquv reja asosida tashkil etish;
  • oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini belgilangan tartibga muvofiq taqsimlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilishi belgilangan.

 

Avvalroq, 1-sinf qabuli doirasida Taʼlim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumtaʼlim maktablarida tanlagan tilda bolaning boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasini baholash boʻyicha savollar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish