Direktor va o‘rinbosarlar dars berishi mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
Direktor va o‘rinbosarlar dars berishi mumkinmi?

Direktor va o‘rinbosarlarning dars berish huquqi mavjud. Lekin u anchagina murakkab sanaladi.

 

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 14-bandiga ko‘ra xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.

 

Shu qoidaga ko‘ra direktor va uning o‘rinbosarlari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 10 soatgacha dars olishi mumkin.

 

Ushbu nizomning 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

 

Bunda qoida bo‘yicha 10 soat vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarishi shart.

 

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida mazkur masala yanada aniq tartibga solingan.

 

Unga ko‘ra oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berish mumkin.

 

Shunga ko‘ra direktor va o‘rinbosarlar barcha xodimlar dars bilan ta’minlangandan keyin soatlar ortib qolsagina, 10 soatgacha dars berishi mumkin. Bunda ularga ajratilgan dars soatlari vakant sifatida har oyda bandlik bo‘limiga chiqariladi.

 

Agar ushbu vakant dars soatlari uchun o‘qituvchi kelsa, rahbar xodimlar darslarini mazkur o‘qituvchiga berishi shart.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры