Ertadan kasbiy(ijodiy) imtihonlar boshlanadi: nimalarni bilish kerak? - Ta’lim xabarlari
Ertadan kasbiy(ijodiy) imtihonlar boshlanadi: nimalarni bilish kerak?

Joriy yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul oyida bo’lib o’tganidan so’ng talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

 

Prezident farmoniga  muvofiq, joriy yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, dastlab kasbiy/ijodiy imtihonlar 53 ta oliy ta’lim muassasasida 5–19-iyul kunlari o‘tkazilishi tasdiqlandi. Ya’ni ertadan boshlab belgilangan Oliy ta’lim muassasalarida sport, san’at, jurnalistika kabi alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarda kasbiy/ijodiy imtihonlar boshlanadi.

 

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlardan hujjat topshirishda o‘z telefon raqamlari va manzil haqidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatishlari talab etiladi. Chunki imtihon sanalari haqida ular bilan bog‘langan holda ma’lumot yetkaziladi. Shuningdek, abituriyentlarning o‘zlari ham oliy o‘quv yurti veb-saytini kuzatib borishlari kerak bo‘ladi.

 

Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olish mumkin?

 

Ruxsatnoma abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida shakllantiriladi. Abituriyent ruxsatnomasida imtihonlar o‘tkaziladigan manzil, kuni va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda kasbiy/ijodiy imtihonlarga kiradigan abituriyentlar shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomalarni yuklab olishlari mumkin.

 

Test sinovlariga kirish uchun ruxsatnomalar ham my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

 

Imtihonga kechikish mumkin emas. Imtihonlarning boshlanish aniq vaqti abituriyent ruxsatnomasida yozilgan bo‘ladi. Shu bois, abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

 

Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?

 

Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas.

 

Mazkur farmon bilan, shuningdek, 2024−2025 o‘quv yilidan davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi . Parametrlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры