Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi yetarlicha ishlar qilmayotganligini aytdi - Ta’lim xabarlari
Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yetarlicha ishlar qilmayotganligini aytdi

“Milliy tiklanish” Partiyasi rahbari Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab vazirligi faoliyatiga nisbatan fikr bildirgan. Ta’limga keragicha mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, vazirlik yetarli ishlar qilmayotganligini bog‘cha va maktablar o‘zgarmayotganligini tanqid qilgan.

 

 

Alisher Qodirov vazirlikning faoliyatini tanqid qilib, Andijondagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singanligi haqidagi xabarni keltirib o‘tgan.

 

 

Tarbiyachi ham, o‘qituvchi ham ish o‘rnini yo‘qotmaslik uchun oz ustida tinimsiz ishlashi, ish beruvchi oldida malakasini tasdiqlashi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, bu kabi ishlar tarbiyachi va o‘qituvchilarni raqobatbardosh qilib, tarbiya va ta’lim sifatini oshirishi aytgan.

 

 

“Mas’ullar tarbiya va ta’limda natija ko‘rinishi uchun vaqt kerakligini aytishmoqda, bu to‘g‘ri, lekin vaqti kelib natija ko‘rinishi uchun bugun tizimli ishlar bo‘lishi kerak. Masalan, bog‘chada 126 ming tarbiyachini 48 ming nafari oliy ma’lumotga ega, xolos. Tarbiyani hal qiluvchi bosqichi kimlarning qo‘lida?

 

20 yil ishlab, malaka topmagan, yoki, qo‘lida diplomi bilan sohada adashib yurganini juda yaxshi biladigan, boshqa ish chiqquncha bog‘cha yoki maktabda kun sanab yurganlarni malakasini oshirish uchun pul sarf qilishda ma’no bormi?

 

Tarbiyachi ham, o‘qituvchi ham ish o‘rnini yo‘qotmaslik uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ish beruvchi oldida malakasini tasdiqlashi kerak. Bu xarajatlarni kamaytirish maoshlarni jozibali qilish uchun qo‘shimcha manba yaratadi, hamda tarbiyachi va o‘qituvchilarni raqobatbardosh qiladi, tarbiya va ta’lim sifatini oshiradi.

 

Balki deputatlar joylarda ko‘zi bilan ko‘rayotganlari xatodir? Vazirlik ajoyib ishlarni qilayotgandir? Buni xalq vakillariga kim izohlaydi?

 

Vazir Umarova Qonunchilik Palatasiga, tasdiqlanib ketganidan keyin biron marta ham hisobotga kelmadi. Davlat rahbari aytganidek: Parlamentga munosabat xalqqa munosabatni ko‘rsatadi…

 

Tarbiya va ta’limda statistika bilan ozimizni aldamasligimiz kerak, bu kelajakka xiyonatdan boshqa narsa emas!” – deydi Alisher Qodirov

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры