Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar
Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi:
ekologiya va atrof-muhit;
yashil iqtisodiyot;
iqlim o‘zgarishi;
qayta tiklanuvchi energiya;
suv resurslarini boshqarish;
mobil robototexnika;
uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
barqaror qishloq xo‘jaligi;
ekoturizm;
temir yo‘l muhandisligi.
Magistraturada yangi mutaxassisliklar
Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan:
▪️ xalqaro energetik siyosat;
▪️ xalqaro suv diplomatiyasi;
▪️ sirkulyar iqtisodiyot;
▪️ barqaror moliya;
▪️ rivojlanish iqtisodiyoti;
▪️ ekologiya huquqi;
▪️ xalqaro savdo huquqi;
▪️ nazariy va muhandislik fizikasi;
▪️ urbanistika;
▪️ barqaror shaharsozlik;
▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.
Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi.
766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi.
799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.
