Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. Qabulga oid eng muhim ma'lumotlar - Ta’lim xabarlari
Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda. Qabulga oid eng muhim ma’lumotlar

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabul  7-avgustdan 25-avgustgacha davom etishi ma’lum qilingan edi.

 

Mazkur sport maktablariga qabul jarayaonlariga oid eng koʻp soʻralgan savollar yuzasidan mas’ul shaxslardan ma’lumot oldik.

 

Ushbu maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

 

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

 

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

 

 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

 

➖ oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖ oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
➖ 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

 

Ushbu maktablarga oʻquvchilarni qabul qilishda jins chegarasi bormi?

 

Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilar qabul qilishda jins chegarasi yoʻq. Yaʼni, boks yoki gimnastika bilan professional shugʻullanish istagida boʻlgan oʻgʻil-qizlar ushbu sport maktablarining tegishli sinflariga qabul uchun hujjat topshirishlari mumkin.

 

 

Ushbu ixtisoslashtirilgan sport maktabida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjudmi?

 

Ushbu ixtisoslashtirilgan sport maktablarida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjud.

 

 

Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablarida qaysi fanlar chuqurlashtirib oʻtiladi?

 

Mazkur ixtisoslashtirilgan sort maktablarida O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

 

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy til oʻrgatiladi.

 

 

Eslatma! Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

 

 

Maʼlumot uchun, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (1-ijodiy imtihon va 2-test sinovlari) asosida, har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha qabul qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры