Joriy yilning fevral–may oylarida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida 4,3 million nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Ularning qariyb 4 million nafari belgilangan me’yorlarni muvaffaqiyatli bajargan.
O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida joriy yilning fevral–may oylarida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport sinovlari tashkil etilgan.
Sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublikadagi 10 ming 204 ta umumta’lim maktabida ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlarini topshirish uchun 4,3 million nafar yoki jami o‘quvchilarning 67 foizi ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning qariyb 4 million nafari belgilangan me’yorlarni muvaffaqiyatli bajargan.
Shu bilan birga, 681 ming nafar o‘quvchi sport sinovlari talablarini bajarishda yetarli natija ko‘rsata olmagan.
Maxsus talablar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarda 40 ming nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Ularning 31 ming nafari mezon talablarini bajargan. 9 ming nafari esa belgilangan me’yorlarni bajara olmagan.
Shuningdek, maktablarda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli topshirgan 2 ming 45 nafar hamda ixtiyoriy talablar bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan 3 ming 731 nafar o‘quvchi I, II va III darajali diplomlar, ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
Avvalroq, yutuqlarga erishgan sport maktablari qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan mukofotlanishi haqida xabar bergan edik.
