Chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari 12-may kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Xabaringiz bor, Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-son Farmonining 2-bandiga muvofiq 9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli 11-may, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.
Shu bois, 2026-yil 11-aprel — 4-may kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari 12-may kuni e’lon qilinadi.
Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
