Samarqand Arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘lgan
Samarqand shahrida joylashgan Arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar […]