Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi to‘garak (jamoa) rahbarlarining ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini aniq belgilash maqsadida yangi kasbiy standart loyihasi tayyorlandi.
Bu standart nimani anglatadi?
Mazkur hujjat to‘garak rahbarlarining kasbiy faoliyatini yagona tizim asosida tartibga soladi. Unda ularning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari hamda bajaradigan vazifalariga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan.
Loyihada e’tibor qaratilgan asosiy jihatlar:
– Ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni va tashkil etilishi;
– to‘garak mashg‘ulotlarini samarali olib borish metodikasi;
– o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari;
– ta’lim dasturlari va o‘quv hujjatlari bilan ishlash.
To‘garak rahbarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularda qiziqish uyg‘otish;
Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash;
Ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish;
Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlash;
Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
Eslatma! Loyiha bilan batafsil tanishish va fikr-mulohazalarni bildirish mumkin.
