Yuqori ball olgan abituriyentlarning barchasi ham grantga kirmaydi(mi?)

2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida “Umumiy kvotada grant uchun ajratilgan ulushining taqsimlanish tartibi qanday?” savoliga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari javob berishdi. 

 

 

Davlat granti ulushi joriy yilda yo‘nalishlar uchun umumiy kvotaning qanchadir ulushida taqsimlanishi belgilangan.

 

Buni tushuntiradigan bo‘lsak, yurisprudensiya yo‘nalishiga grant ulushi 10 foiz deb belgilangan. Toshkent davlat yuridik universitetini misolida ko‘radigan bo‘lsak, kvota soni 600 ta va uning 10 foizini 60 ta davlat granti kvotasiga to‘g‘ri keladi.

 

Ushbu ko’rsatkichni o‘tgan yilgi grant soni bilan solishtirsak, bir necha barobarga oshgan. Ya’ni, statik holatda grant taqsimlanganda, ko‘plab oliygohlarga kam grant berilayotgan edi.

 

Hozirgi ulush eng maksimal holat, ya’ni bir OTMning biror yo‘nalishiga ajratilishi mumkin bo‘lgan grantning eng ko‘p miqdori shu bo‘lishi mumkin.

 

Toshkent davlat yuridik universitetiga ajratilgan umumiy 600 ta kvotaning 10 foizini oladigan bo‘lsak, 60 ta grant olishi mumkin. Shunda ham agar eng bilimli va yuqori natija olgan abituriyentlar yuridik universitetini tanlagan bo‘lsa. Agar ular Diplomatiya, Milliy yoki Transport universitetini tanlagan bo‘lsa, bu yerda grant soni 60 taga ham yetib bormasligi yoki teskarisi bo‘lishi mumkin.

 

Shundan xulosa qilish mumkinki, respublika bo‘yicha yurisprudensiya yo‘nalishiga ajratilgan grant soniga ko‘ra, shu yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlarni eng yuqoridan saralaganda, shu sonda turgan abituriyentlarning hammasi ham davlat granti asosida o‘qishga kiradi degani emas.

 

Chunki abituriyentlarda tanlov ustuvorligi, OTMlarda abituriyentlar qamrovi hamda grant ulushi bor. Deylik, qaysidir abituriyentga yuridik universitetida kontraktda o‘qish Milliy universiteti yurispredunsiya yo‘nalishida grantda o‘qishdan ustuvorroq bo‘lishi mumkin. Boshqa bir abituriyentga esa qaysi OTM bo‘lishidan qat’i nazar grantda o‘qish muhim bo‘lishi mumkin. Shuning uchun abituriyentlarga tanlash uchun davlat granti va ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi taqdim etilgan.

 

Xulosa qilib aytganda, respublika bo‘yicha grant sonidan turgan abituriyentlarning hammasi ham grantga kiradi degani emas va bu ularning tanlovi – deydi Bilimni baholash agentligi mutaxassisi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры