Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 25-, 26-, 27-aprel hamda 2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may kunlari o‘tkaziladi. Ushbu sanalarda belgilangan imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

 

Imtihonlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan sana va vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:15
2-smena: 13:00 – 14:15

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:15 dan, 2-smena uchun soat 14:15 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

 

Izoh: Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng 21 ish kunida (23-iyun kuni) e’lon qilinadi.