Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi bo‘yicha ayrim Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi bo‘yicha ayrim Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Hukumatning 2026-yil 16-aprelda “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 176-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda to‘ldirishlar quyidagicha:

  • bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim doirasida chet tillariga o‘qitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida malakasi oshirilganligi;
  • bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim doirasida chet tillariga o‘qitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotlarida malakasi oshirilgan bo‘lishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomning 20-ilovasida quyidagicha to‘ldirishlar keltirilgan:

  • chet el fuqarolari bo‘lgan pedagog xodimlar beradigan ta’lim, shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish faoliyati bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
  • vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qo‘shimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni).

Shuningdek, Hukumatning 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda 41-bandning uchinchi xatboshisi quyidagicha tahrirlangan:

“xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda va tekshiruvlar haqida muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilganda joyiga chiqqan holda tekshirish orqali”.