Toshkentdagi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Toshkentdagi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Prezident qaroriga muvofiq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga (Maktab) Farrux Zokirov nomi beriladi.

 

Prezidentning 2026-yil 15-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida”gi PQ–137-son qarori qabul qilindi.

 

Maktabda:

 

  • “Yalla” nomidagi bolalar ansambli faoliyati tashkil etiladi;

 

  • Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida estrada yoʻnalishi boʻyicha ijrochilik mahorat maktablari tashkil etiladi;

 

  • Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan tashkil etilgan mahorat maktabining ustoz-ijodkorlari Davlat byudjeti hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida ragʻbatlantirib boriladi;

 

Yoshlar ijodiy laboratoriyasi doirasida:

 

– 2026/2027 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan bolalar musiqa va sanʼat maktabining iqtidorli oʻquvchilaridan iborat guruh shakllantirilib boriladi hamda taʼtil davrida yozgi toʻgarakka jalb etilib, estrada xonandaligi boʻyicha maxsus bepul kurslarda oʻqitiladi;

 

– 2026/2027 oʻquv yiligacha zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etiladi hamda u sahna jihoz va liboslari bilan taʼminlanadi;

 

– Maktab va yozgi toʻgarakka jalb qilingan oʻquvchilarning ijod namunalari televideniye va xalqaro onlayn platformalarda namoyish etib boriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish