Vazirlik xodimlari alohida ehtiyojli bolalar chizgan rasmlarni auksionda sotib oldi

Vazirlik xodimlari alohida ehtiyojli bolalar chizgan rasmlarni auksionda sotib oldi

11-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lash” shiori ostida bayram tadbiri va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi hamda auksion tashkil etilgan.

 

Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlar mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

 

Tadbirda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan chizilgan suratlar auksionga qo‘yilgan. Ushbu rasmlar vazir va vazirlik xodimlari tomonidan xarid qilindi.

 

Auksionda o‘quvchilarning ijod namunalari vazir va uning xodimlari tomonidan 15 million so‘mga qadar bo‘lgan narxlarda xarid qilingani aytilmoqda.

 

 
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova tizimdagi pedagoglardan bola huquqlarini himoya qilishni so‘ragani haqida xabar bergan edik.