Oʻzbekiston maktablarida qancha oʻquvchi tahsil oladi?

Oʻzbekiston maktablarida qancha oʻquvchi tahsil oladi?

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi

 

Statistika qoʻmitasi bergan maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 870,5 ming nafarni tashkil etgan.

 

Bu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.

 

Jami oʻquvchilarning 51,2 foizini oʻgʻil bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.

 

Hududlar kesimida oʻquvchilar soni quyidagicha:

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 375,5 ming nafar;

 

– Andijon viloyati – 634,7 ming nafar;

 

– Buxoro viloyati – 348,4 ming nafar;

 

– Jizzax viloyati – 284,6 ming nafar;

 

– Qashqadaryo viloyati – 688,1 ming nafar;

 

– Navoiy viloyati – 195,7 ming nafar;

 

– Namangan viloyati – 571,3 ming nafar;

 

– Samarqand viloyati – 814,2 ming nafar;

 

– Surxondaryo viloyati – 572,8 ming nafar;

 

– Sirdaryo viloyati – 165,1 ming nafar;

 

– Toshkent viloyati – 547,2 ming nafar;

 

– Fargʻona viloyati – 733,4 ming nafar;

 

– Xorazm viloyati – 377,4 ming nafar;

 

– Toshkent shahri – 562,1 ming nafar.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda maktablar soni 11 mingdan oshgani haqida xabar bergan edik.