Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin - Bilimni baholash agentligi - Ta’lim xabarlari
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin – Bilimni baholash agentligi

Abituriyentlarga avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligining mutaxassislari agentlikning rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli suhbatda ma’lum qilishdi.

 

Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligi, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

Eslatma! Imtihonning tanlov bosqichi bugun soat 23:59 da yakunlanadi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры