Samarqanddagi maktabda ayol o‘g‘lining sinfdoshini sinfxona ichida urdi (video)

Samarqanddagi maktabda ayol o‘g‘lining sinfdoshini sinfxona ichida urdi (video)

Samarqanddagi maktablarning birida ayol oʻgʻlining sinfdoshini sinf ichida quvib, unga qoʻl koʻtargan. Rasmiylar ushbu holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada maktabda oʻquvchilardan birining onasi boshqa bir oʻquvchini kaltaklagani aks etgan. Mazkur holat joriy yilning 6-aprel kuni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi 53-sonli umumtaʼlim maktabida, birinchi dars soatida sodir boʻlgan.

 

Holat yuzasidan viloyat MMTB rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 3-aprel kuni darsdan qaytayotgan vaqtida oʻzaro janjallashib qolgan 1-sinf 4 nafar oʻquvchilarining ota-onalari kecha, 6-aprel kuni suhbat oʻtkazish maqsadida sinf rahbari tomonidan maktabga chaqirilgan.

 

Shu vaqtda maktabga kelgan oʻquvchilardan birining onasi boshqa bir oʻquvchiga nisbatan qoʻl koʻtargan.

 

Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan.

 

Avvalroq Samarqandda direktor o‘rinbosari o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida xabar bergan edik.