Bugun, kun oxirida milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lov qilish yakunlanadi

Bugun, kun oxirida milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lov qilish yakunlanadi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish 2-aprel, 23:59 gacha davom etdi. To‘lov qilish bugun 23:59 gacha davom etadi.

 

2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

 

Ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) va adabiyot fanlari uchun ro‘yxatdan o‘tish 3-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. To‘lovlar esa 4-aprelga qadar davom etadi. Test sinovlari esa 25-26-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

 

Umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi