Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston bozor xizmatlari ichida eng tez oʻsish taʼlim sohasida kuzatilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Unga koʻra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln soʻmni tashkil etgan.
Xizmatlar turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha:
Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 121,2 %;
Moliyaviy xizmatlar — 120,8 %;
Savdo xizmatlari — 119,8 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 117,7 %;
Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,9 %;
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 115,5 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,9 %;
Ijara xizmatlari — 112,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 111,6 %;
Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 109,7 %;
Shaxsiy xizmatlar — 109,1 %;
Transport xizmatlari — 108,3 %;
Boshqa xizmatlar — 113,1 %.
Avvalroq Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln soʻmni tashkil etganligi haqida xabar bergan edik.
