2026-yilning ikkinchi choragida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2-apreldan boshlab tashkil etiladi. Bu haqda Agentlikning Oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi ma’lum qildi.
Mazkur test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda imtihon o‘tkaziladigan hududlar bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin. Ishtirokchilar ma’lumotlarini my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida tekshirishlari mumkin.
Joriy yilning 1-choragidagi nostrifikatsiya sinovlari 19-mart kuni yakunlangan edi. Shundan so‘ng, II-chorakda o‘tkaziladigan imtihon sanalari haqida xabar berilgan edi.
Nomzodlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: talabgorlar turli sabablarga ko‘ra, test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxat – Faylni yuklash
