Yakuniy davlat attestatsiyasida milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan litsey o‘quvchilariga maksimal ball beriladi

Yakuniy davlat attestatsiyasida milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan litsey o‘quvchilariga maksimal ball beriladi

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi. Shu bilan birga, 3 yil davomida attestatsiyani topshirmagan o‘quvchilarga eksternat tartibida hujjat olish imkoniyati beriladi.

 

Adliya vazirligi tomonidan O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

 

Yakuniy attestatsiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.

 

Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Mavzuga doir: Avvalroq, 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga qabuldagi fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlarini e’lon qilingan edi.