6-10-sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

6-10-sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Tanlovda ishtirokchilar 6-10-sinf toifasida 5-8 nafardan oshmagan tarkibda jamoa tarzida qatnashishlari mumkin.

 

Buning uchun @iqtidoransambli_bot orqali roʻyxatdan o‘tish mumkin.

Arizalar joriy yilning 15-apreliga qadar qabul qilinadi.

 

Mazkur tanlov har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Tanlovda umumta’lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari jamoaviy tarzda ishtirok etadilar.

 

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

 

  • birinchi bosqichi – tuman va shaharlardagi musiqa va san’at maktablarida har yili aprel oyida;

 

  • ikkinchi bosqichi (hududiy bosqichi) musiqa va san’at, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, viloyat musiqali drama teatrlari hamda viloyat konsert zallarida har yili may oyida;

 

  • uchinchi (respublika) bosqichi iyun oyida o‘tkaziladi.

 

Tanlovning o‘tkazish muddati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

 

Ushbu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi jamoalar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

 

  • tuman (shahar) bosqichida – diplom va esdalik sovg’alari;
  • hududiy bosqichda – tanlov statuetkasi, maxsus diplom hamda esdalik sovg’alari;
  • respublika bosqichida – 2-3-o‘rinni egallagan jamoalarning umumta’lim maktablari uchun interaktiv doska;
  • 1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy mamlakatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi.

 

Natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar tanlov yakunidan so‘ng, 15 daqiqa ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun 3 kishidan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

 

Muhim! Shikoyatlar taqdim etilgandan so’ng, Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko’rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga ma’lum qilinadi. E’tirozlar (apellyatsiya) ikkinchi marotaba qabul qilinmaydi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.