«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Qarshi shahrida joylashgan «Avitsenna school»  kimyo, biologiya, matematika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o’qitadigan xususiy maktab bo’lib, undagi bitiruvchilar har yili eng yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Jumladan, joriy yilda ham maktabning 20 nafardan ortiq o‘quvchisi maksimal ball to‘plab, muddatidan avval talabalikni naqd qildi.

 

Quyidagi o‘quvchilar muddatidan avval talabalik maqomiga erishdi:

 

  • Aslanov Sardor
  • Berdiqulov Ilhom
  • Keldiyorov Mahmud
  • Norxojayev Lazizjon
  • Rajabboyev Azizbek
  • Rustamov Mirkamol
  • Baxtiyorov Istamjon
  • Yangiyev Oybek
  • To‘rayev Jo‘rabek
  • Anvarxonov Sadirnixon
  • Turaqulova Xumora
  • Karimov Diyorbek
  • Zikriyaeva Sitora
  • Ro‘zimurodov Suxrob
  • Mamanazarova Fotima
  • Jalilova Mehriniso
  • Doniyorov Shaxriyor
  • Xo‘jayorova Shirina
  • Murodov Shohruh
  • Jovliyeva Dilbar

 

«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

 

Maktabda bunday natija ko‘rsatgan o‘quvchilar soni anchagina ko‘p bo‘lib, ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda.

 

Maktab ma’muriyatining ma’lum qilishicha, joriy yilda maktabning umumiy hisobda 140 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari milliy va chet tili sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Ulardan 30 nafari 9-sinflar bo‘lsa, qolgan 110 nafari 10-sinf o‘quvchilaridan iborat.

 

Shuningdek, kimyo, biologiya, matematika, ona tili va tarix fanlardan sertifiat uchun imtihon topshirgan o’quvchilarning 80% dan ortig‘i sertifikat egasiga aylangan.

 

“Avitsenna School” ta’lim maskanining bosh maqsadi — har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini aniqlash va ularni maksimal darajada rivojlantirish orqali yuqori natijalarga erishishdir. Maktabda ta’lim jarayoni doimiy monitoring, chuqur tahlil va ota-onalar bilan samarali hamkorlik asosida tashkil etilgan. Har hafta yakunida o‘tilgan mavzular yuzasidan yozma ishlar hamda test sinovlari o‘tkazilib, ularning natijalari ota-onalarga tezkor tarzda yetkaziladi.

«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Bunday tizim nafaqat bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki ota-ona – ustoz – o‘quvchi o‘rtasidagi uzviy aloqani kuchaytiradi. Ayniqsa, individual yondashuv asosida olib boriladigan ta’lim har bir o‘quvchining o‘ziga xos rivojlanish trayektoriyasini shakllantirishga yordam beradi va bu maktabning eng muhim ustunliklaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Maktabda kimyo, biologiya, matematika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. Shu bilan birga, darsdan keyingi maxsus tayyorlov kurslari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga puxta tayyorlanishiga xizmat qiladi. Mazkur tizim o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi.

 

Ta’lim sifati, avvalo, natijalarda aks etadi. Bugungi kunga qadar “Avitsenna School”ning 400 dan ortiq bitiruvchilari tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga yuqori natijalar bilan talabalikka qabul qilingan bo‘lib, umumiy kirish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etadi. Bu esa maktabda yo‘lga qo‘yilgan tizimning samaradorligi va pedagoglar salohiyatining yorqin isbotidir.

«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Hozirda maktab jamoasida 60 nafardan ortiq pedagog va texnik xodim faoliyat yuritib, ta’lim jarayonining sifatli va uzluksiz bo‘lishini ta’minlab kelmoqda.

 

“Avitsenna School”da ta’lim faqat darslar bilan cheklanmaydi. O‘quvchilar uchun shaxmat, basketbol va stol tennisi kabi to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ular orqali jismoniy faollik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, qo‘shimcha kompyuter kurslari orqali axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganish imkoniyati yaratilgan.

 

Umuman olganda, mazkur maktab zamonaviy yondashuv, tizimli nazorat va individual rivojlanishga asoslangan ta’lim modeli orqali o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

 

«Avitsenna school» maktabining 20 nafardan ortiq o‘quvchisi muddatidan avval talaba bo‘ldi

 

Maktab manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Kunchiqar MFY, Nurbog’ ko’chasi, 23-uy

Maktab ma’muriyati bilan bog’lanish uchun raqamlar:

+998883001234

+998935286139

Maktabning telegram kanali: @Avitsennamaktabi