Milliy aviakompaniya Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti arafasida ichki aviaqatnovlarga yo‘lovchilar uchun maxsus aksiyani e’lon qildi. Chegirmalar 17-martdan 23-martgacha amal qiladi.
Aksiyaga ko‘ra, kompaniya barcha mahalliy reyslar uchun biznes va ekonom-klass tariflariga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi.
Chegirmadan foydalanish uchun chiptalarni 2026-yil 17-martdan 23-martgacha xarid qilish lozim. Parvozlar esa 20-martdan 23-martgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.
Chiptalarni rasmiy booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, aviakompaniyaning savdo filiallari yoki rasmiy agentlar orqali xarid qilish mumkin.
Aviakompaniya eslatishicha, chegirma faqat tarif qismiga tatbiq etiladi, soliqlar va boshqa yig‘imlar esa alohida tarzda to‘lanadi.
Mazkur aksiya bayram kunlarida sayohat qilishni yanada qulay va arzonlashtirib, yo‘lovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Qo‘shimcha o‘rnida, «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi 1992-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov Farmoni bilan O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi rivoji uchun tashkil topgan.
Kompaniya mamlakat ichida va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi hamda yuk tashish xizmatlarini amalga oshiradi. Jumladan, u Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 50 dan ortiq shahriga muntazam reyslar amalga oshiradi.
Aviakompaniyaning asosiy markazi — Toshkent xalqaro aeroporti hisoblanadi.
Kompaniya ko‘plab bayramlarda ichki qatnovlar uchun chipta narlxariga chegirmalar e’lon qilib boradi.
