HEMIS tizimida o‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar bo‘yicha davomat qilish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimida o‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar bo‘yicha davomat qilish imkoniyati yaratildi

12-mart kunidagi yangi versiyada HEMIS tizimiga “Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatni yuritish funksiyasi qo‘shilgani haqida xabar bergan edik. 

 

Bunda, o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar davomatini yuritish bo‘yicha quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

 

1. Dars jadvalini shakllantirishda:

 

O‘quv rejasiga kirmaydigan fan mashg‘uloti dars jadvaliga kiritiladi. Bunda mas’ul sifatida tyutor yoki o‘qituvchi ko‘rsatilishi mumkin.

 

2. Tyutor (yoki o‘qituvchi) panelida:

 

Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasiga kiriladi va jadvaldagi tegishli mashg‘ulot sanasi tanlanadi.

 

3. Davomat qilish sahifasida:

 

Guruhdagi talabalar ro‘yxati bo‘yicha kelmagan talabalarga tegishli belgi qo‘yiladi va ma’lumotlar saqlanadi.

 

Eslatma: ushbu davomat qilish funksiyasi hozirda tizimning Tyutor rolida ishlamoqda.

 

Mazkur turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.