2026-yil yanvar–fevral oylarida 1 838 ta yangi bog‘cha tashkil etildi — MMTV

2026-yil yanvar–fevral oylarida 1 838 ta yangi bog‘cha tashkil etildi — MMTV

2026-yilning yanvar–fevral oylarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish hamda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab maqsadida 1 838 ta yangi MTTlar tashkil qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu davrda respublika bo‘yicha 1 838 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan hamda 74 344 ta yangi bola o‘rni yaratilgan.

 

Shundan:

 

  • 1 795 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 69 030 ta yangi bola o‘rni;
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida 28 ta bog‘cha tashkil etilib, 3 374 ta yangi bola o‘rni;
  • 15 ta davlat bog‘chasi ishga tushirilib, 1 940 ta yangi bola o‘rni tashkil etilgan.

 

Avvalroq, 2030-yilgacha pedagog kadrlar maqomini oshirish maqsadida joylashtirilgan Farmon loyihasiga muvofiq bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshirilishi haqida xabar bergan edik.

 

MMTV: 2026-yil yanvar–fevral oylarida 1 838 ta yangi bog‘cha tashkil etildi