2026-yil 1-yarmi uchun attestatsiya sanalari ma’lum bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

2026-yil 1-yarmi uchun attestatsiya sanalari ma’lum bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari muddatlari haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan xabarlar tarqatilmoqda.

 

Mazkur maʼlumotlar avvalgi yillardagi test sanalari boʻlib, pedagoglardan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻraymiz.

 

Rasmiy tartib qanday?

 

Nizomning 31 bandi (yangi tahrirda) Pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.

 

Vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini (keyingi oʻrinlarda – malaka sinovlari) oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda vakolatli vazirlikning rasmiy veb-saytidagi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

 

Yangi tartibga koʻra, attestatsiya jarayonlari, shu jumladan test sinovlari muddatlari haqidagi maʼlumotlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi va bu haqda SMS-xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.

 

Maʼlumot uchun: Bugungi kunga qadar (6-mart holatiga) test sinovlari jadvali rasman eʼlon qilinmagan. Bu esa, amaldagi tartibga koʻra, joriy yilning 16-martiga qadar sinovlar boshlanmasligini anglatadi.

 

Barcha pedagoglardan faqat rasmiy manbalar tomonidan beriladigan maʼlumotlarga tayanishlarini soʻrab qolamiz.