2026-yil 8-martda dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

2026-yil 8-martda dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

2026-yilda 8-mart — Xotin-qizlar kuni kalendar bo‘yicha yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli bayram munosabati bilan dushanba kuni ham dam olish kuni etib belgilandi.

 

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

 

Ushbu qoidaga muvofiq, dam olish kunlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:

 

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

 

  • 7-mart (shanba) — odatiy dam olish kuni;
  • 8-mart (yakshanba) — Xotin-qizlar bayrami;
  • 9-mart (dushanba) — bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni.

 

Shu tariqa, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi.

 

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

 

  • 8-mart (yakshanba) — bayram kuni;
  • 9-mart (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

 

Shuningdek, joriy yilda Navro‘z bayrami va Ramazon hayitining birinchi kuni aynan bir kunga — 21 mart, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu sababli, haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 21 mart (shanba), 22 mart (yakshanba) va 23 mart (dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni) hisobiga jami 3 kunlik dam olish beriladi.

 

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 21 va 22-mart kunlari dam olish kuni bo‘ladi.