Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi. Klassifikatorning yangi tahririga 13 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari kiritildi.
Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:
raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;
kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;
muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;
zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;
sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;
kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.
