Pedagoglar attestatsiya jarayonlari uchun to’lovlarni 2026-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishi mumkin.
Xabaringiz bor, 2026-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish 1-martga qadar davom etdi.
Qayd etilishicha, navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo’lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.
Shu sababli pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, ushbu havola orqali attestatsiya jarayoniga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O’zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
