1-apreldan Nukus shahridagi ayrim mahallalar fuqarolari bogʻcha pulining 50 foizini toʻlaydi

1-apreldan Nukus shahridagi ayrim mahallalar fuqarolari bogʻcha pulining 50 foizini toʻlaydi

Prezident qaroriga muvofiq joriy yil 1-apreldan boshlab Nukus shahri tarkibidagi “Qaratau” va “Bestobe” MFY davlat bog‘chalari uchun ota-onalar to‘loviga 50 foizlik kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

 

Qarorga asosan, 2026-yil 1-apreldan maʼmuriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisiga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻloviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.

 

Asos: Prezidentning 2026-yil 21-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun moʻljallangan dasturlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 70-son qarori qabul qilindi.