Joriy yildan boshlab “Scholastic Aptitude Test — SAT” xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bu haqda 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilindi.
SAT sertifikati asosida beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan abituriyentlar oʻz sertifikatlarini DI kodi orqali Agentlikka yuborishlari talab etiladi.
— SAT imtihonlarida natijasi 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijadagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi — dedi agentlik departament boshligʻi Javlonbek Nurmatov.
Bunda sertifikat berilgan fan (matematika va ingliz tili fanlari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlari fanlari majmuasi tarkibida mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar qabul qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, joriy yilda ham oliy taʼlim muassasalariga qabul tizimida “avval test, soʻng tanlov” tamoyili amalda qolishi haqida xabar berilgan edi.
