Xabaringiz bor, bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan Respublika bo‘ylab 5–11-sinflar kesimida Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi-hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur bosqichda o‘quvchilar uchun fan bo‘yicha 30 ta test savollari berilgan.
Ushbu test topshiriqlari kitobi 30 ta topshiriqlardan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- 1–20-savollar yopiq turdagi test topshiriqlari;
- 21–30-savollar ochiq turdagi test topshiriqlari.
Bunda:
Ajratilgan vaqt: 90 daqiqa
Savollar soni: 30 ta
Maksimal ball: 50 ball.
Ma’lumot o‘rnida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ushbu olimpiadaga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etadilar.
Eslatma: Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, @Murojaat_FOM_bot yoki +99871 207 05 24 orqali murojaat qilishingiz mumkin.





