Endi mehnat daftaridagi xato ma’lumotlarni onlayn tuzatish mumkin

Endi mehnat daftaridagi xato ma’lumotlarni onlayn tuzatish mumkin

Agar xodimning Yagona milliy mehnat tizimida mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlari noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa yoki uning ishtirokisiz mehnat shartnomasi rasmiylashtirilgan holatlar aniqlansa, bu ma’lumotlarni onlayn tarzda tuzatish mumkin.

 

Bunday vaziyatda ariza my.gov.uz portali orqali masofadan turib yuboriladi.

 

Quyidagi holatlarda murojaat qilish mumkin:

— siz ishlamagan tashkilot tomonidan mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa;

— sizning xabaringiz va roziligingizsiz ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa;

— mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa.

 

Zarur hujjatlar:

— mehnat daftarchasidan nusxa (agar daftarcha mavjud bo‘lsa);

— ishga olingani, boshqa ishga o‘tkazilganini, ishdan bo‘shatilgani haqida buyruq nusxasi;

— mehnat shartnomasidan nusxa (mavjud bo‘lsa).

 

Ariza topshirish tartibi:

my.gov.uz portaliga kiring;

“Yagona milliy mehnat tizimidagi faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahrirlash” xizmatini tanlang;

— Zarur ma’lumotlarni to‘ldiring va ariza yuboring.

 

Ariza 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Xizmat bepul taqdim etiladi.

 

Eslatma: Mehnat staji va faoliyati haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi kelgusida pensiya hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarni rasmiylashtirishda muhim ahamiyatga ega.

 

Avvalroq, doktoranturaga kirgan xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinmasligi haqida xabar bergan edik.