Bugun, 25-fevral kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan Respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan olimpiadalar reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Bular quyidagilardan iborat:
Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi-hududiy bosqichi – 5–11-sinflar o‘rtasida soat 10:00 dan 11:30 gacha;
Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi – matematika – 7-8-sinflar kesimida soat 12:30 dan 15:30 gacha.
Avvalroq, Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi 25-26-fevral kunlari bo‘lishi va o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatma: Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, @Murojaat_FOM_bot yoki +99871 207 05 24 orqali murojaat qilishingiz mumkin.
