Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida voyaga yetmagan oʻquvchining avtomobil boshqarib ketayotgani aniqlanib, yoʻl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan toʻxtatilgan.
Maʼlum boʻlishicha, rul boshqaruvida boʻlgan shaxs 4-sinf oʻquvchisi boʻlgan. U kelgusida haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarmasligini bildirgan.
Holat yuzasidan oʻquvchining ota-onasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish majburiyatlarini bajarmaslik) asosida tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish uchun Amudaryo tumani jinoyat ishlari sudiga yuborilgan. Transport vositasi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktablarning birida voyaga yetmagan oʻquvchining avtomobil boshqarish holati aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
