“Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalarini belgilashda turli xil tushunmovchiliklar ko‘zga tashlanadi.
Mazkur jarayonda turli talqinlarnining oldini olish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 27-may kungi buyrug‘i imzolangan.
Mazkur buyruqqa muvofiq quyidagi normalar belgilangan:
“Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari boshlangʻich sinflarda “Tabiiy fan (Science)”, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari boʻyicha; “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilari 5-6-sinflarda “Tabiiy fan (Science)” fani boʻyicha;
“Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani boʻyicha dars oʻtishlariga ruxsat berilganligi; b) “Tabiiy fan (Science)”dan dars beradigan “Boshlangʻich taʼlim”, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilariga amaldagi malaka toifasiga mos ravishda;
5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga “Tarbiya” fanidan malaka toifasi boʻlmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq toʻlanadi.
Bunda, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, bunda “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi.