Olmota shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallari ikkala davlat rahbarlari ishtirokida ochildi.
Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
“Bugungi kunda Qozog‘istonda 6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. O‘z navbatida Qozog‘istonlik yoshlar ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqda”, — dedi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda.