O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishiga muvofiq Yuliya Vasilyevna Risyukova — Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Yuliya Risyukova Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga esa Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Yuliya Risyukova Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi va direktor o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.
