Fan olimpiadalari markazi tomonidan 29-yanvar kuni 8-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi ma’lum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur bosqichda hududlar kesimida jami 14 177 nafar oʻquvchilar ishtirok etgan.
Olimpiada natijalarini hududlar kesimida tanishing:
Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizalarni ushbu havolaga yozib qoldirish mumkin. Apellyatsiya arizalari 18-fevral soat 10:00 gacha qabul qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 7-sinflar oʻrtasida informatika fanidan oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham eʼlon qilingan edi.
Shuningdek, 16-fevral kuni Matematika fanidan 7-sinflar va 8-sinflar oʻrtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham maʼlum qilingan.
