Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ayrim pedagoglariga B2 uchun 50, C1 uchun 100 foiz ustama berish rejalashtirilmoqda

Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ayrim pedagoglariga B2 uchun 50, C1 uchun 100 foiz ustama berish rejalashtirilmoqda

Kasbiy taʼlim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy guruhlarda (rus guruhlar bundan mustasno) xorijiy tilda umumkasbiy va maxsus fanlarni oʻqitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar berish rejalashtirilmoqda.

 

Muhokamalar portaliga ‘‘Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qaror loyihasi joylashtirildi. 

 

Loyihaga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) bilan tasdiqlangan Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.

 

Eng katta o‘zgarish bu kasbiy taʼlim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy guruhlarda (rus guruhlar bundan mustasno) xorijiy tilda umumkasbiy va maxsus fanlarni oʻqitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar berish hisoblanadi.

 

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimiga xorijiy til boʻyicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Shuningdek, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatdan B+ yoki undan yuqori bo‘lsa ustama berilishi haqida norma ro‘yxatga kiritilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari sertifikat berish tartibi Hukumatning 2025-yil 17-oktyabrdagi 652-sonli  qarori bilan tasdiqlangan edi.