O‘qishini ko‘chirgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish qanday amalga oshiriladi?

O‘qishini ko‘chirgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish qanday amalga oshiriladi?

HEMIS tizimiga xorijiy yoki respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalarni kiritish hamda ular bo‘yicha ta’lim buyruqlarini rasmiylashtirish funksionali qo‘shildi.

 

Endilikda transfer tizimi orqali o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni tiklash uchun ariza topshirgan va ularga ijobiy javob berilgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish uchun ruxsat ochildi.

 

Jarayon qanday amalga oshiriladi?

 

Tartibga ko‘ra, talabani tizimga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

 

1. “Ta’lim buyruqlari” menyusida – “darslarga ruxsat berish (perevod)” turidagi farmoyish yaratiladi.

 

2. “Talabalar bazasi” menyusida –  “perevodni kiritish” tugmasi orqali talaba anketasi to‘ldiriladi.

 

Anketada:

 

  • tegishli farmoyish;

 

  • ko‘chirish turi;

 

  • o‘qigan davlati yoki ta’lim muassasasi ko‘rsatiladi.

 

3. Farmoyishning “Talaba qo‘shish” qismida – talaba o‘quv reja, semestr va guruhga biriktiriladi.

 

4. “E-hujjatlar / Hujjatni imzolash” menyusida – farmoyish mas’ul shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo (ERI) orqali tasdiqlanadi.

 

5. “Ta’lim buyruqlari” sahifasida – farmoyish “Bajarish” holatiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, talaba tegishli guruhda aks etadi.

 

Muhim talablar

 

Talabani guruhga biriktirishda:

 

  • o‘quv rejaning o‘quv yili joriy o‘quv yiliga teng yoki undan kichik bo‘lishi;

 

  • o‘quv reja tasdiqlangan holatda bo‘lishi shart.

 

Shuningdek, o‘qishni ko‘chirib kelgan talaba avvalgi oliy ta’lim muassasasidan chiqarilgan (ya’ni o‘qishdan chetlatilgan) bo‘lishi lozim. Aks holda, uni HEMIS tizimiga kiritish imkoni mavjud bo‘lmaydi.