2025-yilda oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 19,3 foizga kamaygan (2024-2025)

2025-yilda oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 19,3 foizga kamaygan (2024-2025)

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda jami 28 954 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻqish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 6 946 nafarga yoki 19,3 foizga kamaygan (2024-yilda – 35,9 ming nafar).

 

Statistikaga ko‘ra, 2024-yilda xorijda taʼlim olish uchun safar qilganlar 35,9 ming nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 29 ming nafarga ham yetmagan. Natijada, bir yil ichida chet elda oʻqish istagida safar qilganlar sonida sezilarli pasayish kuzatilgan.

 

Davlatlar kesimida o‘zgarishlar

 

2025-yilda eng ko‘p tanlangan davlatlar

 

2025-yilda o‘zbekistonliklar o‘qish uchun jami 35 ta davlatga safar qilgan. Eng ko‘p talab qayd etilgan TOP-10 davlat quyidagicha:

 

Rossiya – 6 498 nafar;

Tojikiston – 6 039 nafar;

Qirgʻiziston Respublikasi – 4 648 nafar;

Koreya Respublikasi – 3 513 nafar;

Turkiya – 2 496 nafar;

Xitoy – 1 259 nafar;

Qozogʻiston – 1 097 nafar;

Buyuk Britaniya – 886 nafar;

Germaniya – 391 nafar;

AQSH – 351 nafar.

 

2025-yilda Rossiya va Tojikiston yetakchi yo‘nalishlar sifatida qayd etilgan. Jumladan, Germaniya 2024-yil statistik TOP-10 roʻyxatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 2025-yilda 391 nafar bilan TOP oʻnlikdan joy olgan.

 

2024-yilda qaysi davlatlar yetakchi bo‘lgan?

 

2024-yil yanvar-dekabr oylarida o‘qish maqsadida xorijga chiqqan fuqarolar mamlakatlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 

Tojikiston – 12 809 nafar;

Rossiya – 8 629 nafar;

Qirgʻiziston Respublikasi – 3 953 nafar;

Turkiya – 2 711 nafar;

Koreya Respublikasi – 2 077 nafar;

Qozogʻiston – 1 589 nafar;

Buyuk Britaniya – 792 nafar;

Xitoy – 767 nafar;

AQSH – 576 nafar;

BAA – 390 nafar;

Boshqa davlatlar – 1 602 nafar.

 

2024-yilda eng koʻp safar qilingan davlat – Tojikiston (12 809 nafar) bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich keskin kamayib, 6 039 nafarni tashkil etgan (–6 770 nafar).

 

Shuningdek, 2025-yilda xorijda taʼlim olish maqsadida safar qilganlar soni umumiy hisobda kamaygan bo‘lsa-da, ayrim davlatlar, xususan Koreya, Qirgʻiz Respublikasi, Xitoy va Buyuk Britaniya yo‘nalishlarida o‘sish kuzatilgan.

 

Avvalroq, 2024-2025-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgani va eng yuqori o‘rinda Hindiston fuqarolari ekanligi haqida xabar bergan edik.