O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, disleksiya korreksiyasi – o‘qish va yozishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan majmuaviy hamda uzoq muddatli pedagogik jarayon hisoblanadi. Ya’ni, bu jarayonda erta aniqlash va tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Disleksiya – bu bolani o’rganish, o’qish, gapirish, imlo va yozish qobiliyatlariga ta’sir qiladigan buzilish holati.

 

Asosiy yordamni logoped-defektolog fonematik eshitish, fazoviy mo‘ljal olish, ko‘rish orqali idrok etish va mayda motorikani rivojlantiruvchi maxsus mashqlar orqali ko‘rsatadi.

 

Bunda multisensor yondashuv — harflarni o‘rganishda barcha sezgi organlarini jalb qilish (loy/plastilin bilan ishlash, qumda rasm chizish) juda muhimdir.

 

Disleksiyani korreksiya qilishning asosiy usullari:

 

Logoped-defektolog bilan ishlash: nutq nuqsonlarini bartaraf etish, fonematik eshitishni rivojlantirish, to‘g‘ri artikulyatsiyaga hamda harflarni eslab qolishga o‘rgatish.

 

Neyropsixologik korreksiya: miya yarimsharlararo o‘zaro aloqasini, fazoviy mo‘ljal olishni (o‘ng/chap) va ko‘rish-motor koordinatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (masalan, ‘‘to‘p bilan jang’’ mashqi).

 

Multisensor usul: Harflarni turli teksturali (g‘adir-budur, yumshoq va h.k.) materiallardan qirqib olish, plastilindan yasash yoki qumga yozish — bularning barchasi harflarni eslab qolish samaradorligini oshiradi.

 

Maxsus mashqlar:

 

Yarimlab o‘qish: Harflar yoki so‘zlarning bir qismi (masalan, yuqori yoki pastki yarmi) to‘sib qo‘yilgan matnlardan foydalanish.

 

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

 

Ritm bilan ishlash: Metronom ostida o‘qish, matnni o‘qish jarayonida ritmga moslab taqillatib borish.

 

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

 

Ko‘rib yoziladigan diktantlar: Ko‘rish xotirasini rivojlantirishga qaratilgan diktantlar.

 

O‘quvchilarda disleksiyani tuzatish uchun nima qilish mumkin?

 

O‘quv jarayonini tashkil etish:

 

  1. Katta hajmdagi matnlarni o‘qishga va matnlarni qo‘lda ko‘p ko‘chirib yozishga majburlamaslik.

 

  1. Topshiriqlarni bajarish uchun ko‘proq vaqt ajratish, yozma vazifalarning bir qismini og‘zaki topshiriqlar bilan almashtirish.

 

  1. Katta o‘lchamdagi va kertiksiz (serifsiz) shriftlardan foydalanish.

 

  1. Motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash: eng kichik muvaffaqiyatlar uchun ham rag‘batlantirish (maqtash), xatolar uchun jazolamaslik va keskin tanqiddan qochish.

 

Korreksiya jarayonini boshlashdan avval, organik sabablarni istisno qilish (inkor qilish) uchun bolalar nevrologi va oftalmologi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.