Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi 51-son qarori bilan xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi. Unga ko’ra, yuqori ball toʻplagan o’qituvchilar bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
Qarorga koʻra:
– 100 foizlik ustama: xalqaro dasturlarga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, oʻqituvchi va ustalarga har oylik majburiy ustama beriladi.
– ragʻbatlantirish jamgʻarmasi: mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamgʻarma tashkil etiladi.
– natijaga qarab mukofot: yuqori reyting ball toʻplagan pedagoglar bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.
Ragʻbatlantirish mezonlari:
— oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi va xalqaro tanlovlardagi gʻolibligi;
— chet tilini bilish (kamida B2 sertifikati);
— xalqaro ilmiy bazalardagi (Scopus, Web of Science) maqolalar;
— dunyoning TOP-1000 taligiga kiruvchi OTM diplomiga egalik.
Lavozim maoshlari belgilanishi:
Xalqaro dasturlar boʻyicha boʻlim boshligʻi va mutaxassislarning ish haqi miqdorlari maktab direktori oʻrinbosari hamda toifali oʻqituvchilarning bazaviy stavkalariga tenglashtirildi.
