“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” –tibbiyotga innovatsion nazar - Ta’lim xabarlari
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” –tibbiyotga innovatsion nazar
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” yurtimizda o‘zining yuqori nufuziga ega bo‘lgan pofessional ta’lim tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu ta’lim muassasasi 2023-yilda tashkil etilgan bo’lib o‘z oldiga fan–tadqiqot–amaliyot zanjiri asosida yuqori sifatli taʼlim standartlariga asoslangan ta’lim berish hamda talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar etib tayyorlash bo‘yicha strategik maqsadlarni qo‘ygan.

Mazkur texnikumga vakolatli davlat organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tomonidan, 20.10.2023 sanasida №148887 raqamli litsenziya taqdim etilgan va diplomi davlat professional ta’lim muassasalari qatori O‘zbekiston Respublikasida va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

Bugungi kunda o’quv muassasamizda, 2 ta yo’nalish boʻyicha oʻquv jarayonlari bevosita amaliyot bilan bogʻlangan holda olib borilmoqda:

 

–      4.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Patronaj hamshirasi);

–      5.71.03.01 – Hamshiralik ishi (Umumiy amaliyot hamshirasi).

Texnikumning yangidan qurilgan zamonaviy binosidagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalarida yoshlarga uzoq yillik tajribaga ega, malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” sifatli ta’limni kafolatlaydi. Bu yerda amaliyot va nazariya bir vaqtda olib boriladi.

Talabalar texnikumning o’zida yaratilgan qulay sharoitlar, chet eldan keltirilgan tibbiyot jihozlari orqali boshlang’ich amaliyotni o’rganishadi. Asosiy amaliyot Buxoro viloyatida joylashgan ko’plab shifoxona punktlarida bo’ladi, xususan, Buxoro viloyati ko’p tarmoqli tibbiy markazi, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro Shifo servis, Navoiy viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi, Xorazm viloyati Xazoras TTB, Vobkent TTB, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatlik markazi davolash muassasasi Navoiy viloyati filiali, RIO va RIATM Buxoro filiali, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, tuman tibbiyot birlashmalari va shu kabi yirik kasalxona va klinikalarda ham bemorlar bilan, oliy toifali hamshiralar bilan ishlab amaliyot o’tashadi, malakali shifokorlardan dars olib bilimlarini mustahkamlashadi.

O’quv muassasasi turli elektron resurslarga boy bazaga ulangan kompyuter xonalari, tibbiyot xonasi, kutubxonasi, talabalar mustaqil o‘qib shug‘ullanishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, dam olishlari va o‘zaro fikr almashib ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, texnikum uzoq hududlardan kelgan talabalarning yashashi, darslardan keyin hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar bilan ta’minlangan shinam yotoqxonasiga ega.

     

Taʼkidlash lozimki, “Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” tomonidan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun turli xil loyihalar, bayramlar, tadbirlar va tanlovlar ham o’tkaziladi.

Maqsad va vazifalarimiz:

1.Sifatli ta’limni ta’minlash. Zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalari orqali yetuk tibbiyot mutaxasislarini yaratish;

2.Mamlakatda tibbiyotning rivojlanishiga hissa qo’shish: Tadqiqot va ta’lim faoliyati orqali eng yangi tibbiy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni targ’ib qilish. Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash uchun tibbiy amaliyotni qo’llab-quvvatlash va sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qilish;

3. Talabalarga sifatli tibbiy ta’lim berish: Ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga kafolatlangan ta’limni taklif etish;

4. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish: Respublikadagi talabni o’rgangan holda ish beruvchilar bilan texnikum o’rtasida shartnomalar tuzish va bitiruvchilarni bo’sh ish o’rinlariga yo’naltirish;

5. O’zbekiston Respublikasi kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda chet eldagi tibbiyot xodimiga bo’lgan talabni o’rganib bitiruvchilarni rivojlangan mamlakatlarga tajriba almashish maqsadida yo’naltirish. Bunda: talabalar texnikum tomonidan tashkil etilgan bepul xorijiy til kurslari orqali chet tillarini o’zlashtirishi mumkin bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi “Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

–       Viloyatdagi barcha davolash profilaktika muassasalarida o’quvchilarga amaliy darslarni sifatli o’tkazish uchun o’quv xonalari bilan ta’minlashni yo’lga qo’yish;

–       Davolash profilaktika muassasalarida o’quvchilar va hamshiralar o’rtasida ustoz shogirdlik an’analarini yo’lga qo’yish;

–       Davolash profilaktika muassasalarining bo’limlarida hamshiralik jarayonini yuritilishi va tibbiy hujjatlarni yuritishni o’rganish va amalda bajarish;

–       Davolash profilaktika muassasalarda hamshiralar o’rtasida o’tkaziladigan konferensiyalar, turli xil tadbirlar, seminarlar, vebinarlarda ishtirok etish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.

“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi”da talabalarni xorijiy tillarni mukkamal o‘zlashtirgan nafaqat mahalliy, balki xalqaro mehnat bozorida ham raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash, bitiruvchilarimiz aholi salomatligini birinchi o’ringa qo’yadigan yuqori salohiyatli va malakali kadrlar bo‘lib yetishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998953777000

+998953077000

Texnikum veb sayti 

Telegram-kanal

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 416-uy

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры