Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktablarning birida voyaga yetmagan o‘quvchining avtomobil boshqarish holati aniqlandi. Holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXBga voyaga yetmagan shaxs maktabga transport vositasini boshqarib kelgani haqida ma’lumot kelib tushgan.
To‘plangan ma’lumotlar yo‘l patrul xizmati xodimlariga taqdim etilgan. Yo’l patrul xizmati xodimlari tomonidan holat yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi chaqirtirilib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
O‘quvchi yigit esa ota-onasidan ruxsatsiz kalitni olib ketgani va qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytgan.
Avvalroq Sirdaryoda maktab o‘quvchisi boshqargan avtomobil halokatga uchragani va buning oqibatida ikki nafar o’quvchi halok bo’lgani haqida ma’lum qilgan edik.
