Fevral oyida o‘tkaziladigan chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi (geolokatsiya)

Fevral oyida o‘tkaziladigan chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi (geolokatsiya)

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil fevral oyida o‘tkaziladigan Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.

 

Unga ko‘ra:

 

  • imtihonning yozma qismi — 14-15-16-fevral kunlari;

 

  • gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 16-fevraldan 6-martgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining ‘‘Mening arizalarim’’ bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

 

Eslatma: ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi
  • Manzil:  Nukus To’rtko’l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy.
  • Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Агентство по оценке знаний Республики КаракалпакстанУправление образованием в Нукусе

Andijon viloyati:

 

Imtihonning yozma qismi:(1-bino)

  • Joy nomi: Andijon davlat universiteti (Ma’ruzalar zali).
  • Manzil: Andijon shahar, Universitet ko’chasi 129-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Imtihonning yozma qismi:(2-bino)

  • Joy nomi: Andijon davlat chet tillari instituti (INYAZ).
  • Manzil: Andijon shahar, Bobur shox ko’chasi 5-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

  • Joy nomi: Andijon davlat universiteti akademik litseyi.
  • Manzil: Andijon shahri Universitet ko’chasi 129-«A» uy (Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti).
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Namangan viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Farg‘ona viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati bo’limi binosi.
  • Manzili: Farg‘ona shahar «Ilg’or» MFY Farovon turmush ko’chasi 422/3-uy (“EKO shahar”)
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Buxoro viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
  • Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Xorazm viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
  • Manzili: Urgаnсh tumani Yuqоri Dо‘rmаn «Yuqoriovul» MFY O‘zbekiston shohko‘chasi 2/2-uy.
  • Mo‘ljal: Urganch tumanidagi 48-maktab yonida.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Агентство по оценке знаний и навыков, Хорезмский филиалИнфраструктура образования в Хорезмской области

 

 

Surxondaryo viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo’limi binosi.
  • Manzili: Termiz shahri «Tinchlik» mahallasi Shodiyona ko’chasi 1A-uy.
  • Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Qashqadaryo viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘limi binosi.
  • Manzili: Qarshi shahar, Buyuk Turon MFY, Buyuk Turon (Maxtumquli) ko’chasi, 10-v-uyi.
  • Mo‘ljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo’li «Smart» telivizor zavod yonida.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Jizzax viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi (Sayxandagi «Yangi O‘zbekiston» massivi).

  • Manzili: Sh.Rashidov tumani «Oqtosh ota» MFY «Yangi O‘zbekiston» massivi.
  • Mo‘ljal: M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurlilgan uylar va binolar yonida.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo’limi binosi.
  • Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi .
  • Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Samarqand viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosi
  • Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani «Kamolot» mahallasi Irteshar ges ko’chasi 5-A uy.
  • Mo‘ljal: Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan.  Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.
  • Tel: +998990916529
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Agency for Assessment of Knowledge and Skills Samarkand Regional DepartmentИнфраструктура образования в Самаркандской области

 

 

Sirdaryo viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi.
  • Manzil: Guliston shahri 4-mavze «Buyuk kelajak» massivi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

Toshkent viloyati:

 

Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Toshkent viloyati bo‘limi binosi.
  • Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon sity hududi Yangiobod (DOM) MFY, Yangiobod ko’chasi 35-uy.
  • Mo‘ljal: Toshkent viloyat Prokuraturasi orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):
Яндекс КартыЯндекс Карты — транспорт, навигация, поиск мест

 

 

Toshkent shahri:

 

Imtihonning yozma qismi (1-bino):

  • Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan)
  • Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

Imtihonning yozma qismi (2-bino):

  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (oldingi Davlat test markazi)
  • Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):

 

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
  • Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya):