“IELTS’da oddiy mavzulardagi article’lar ham katta yordam beradi” – IELTS 8.0 olgan o‘quvchi

“IELTS’da oddiy mavzulardagi article’lar ham katta yordam beradi” – IELTS 8.0 olgan o‘quvchi

Toshkent shahar Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Murodillayev Muhammadyusuf IELTS imtihonida 8.0 (C1) natijali sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

IELTS 8.0 (C1)

 

O‘quvchi imtihon bo‘limlari kesimida quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan:

 

  • Listening — 8.5

  • Reading — 9.0

  • Writing — 7.0

  • Speaking — 7.5

 

Muhammadyusufning aytishicha, IELTS imtihoniga tayyorgarlik jarayoni taxminan 9 oy davom etgan.

 

“Umumiy IELTS imtihoniga taxminan 9 oy vaqt sarfladim. General English’im kuchli edi, ya’ni fundament mustahkam edi. Shu sababli tayyorgarlik jarayoni samaraliroq bo‘ldi”, — deydi u.

 

U tengdoshlariga ingliz tilini faqat imtihon uchun emas, kundalik hayotda ham muntazam o‘rganishni tavsiya qildi.

 

“Ingliz tilida doimiy shug‘ullanish kerak. Faqat tayyorlanish davrida emas, balki bo‘sh vaqtlarda ham qiziqqan mavzular bo‘yicha podkast va videolar ko‘rish foydali. Muhimi, kontent ingliz tilida bo‘lsin. IELTS’da esa odatiy mavzulardagi article’larni o‘qish juda katta yordam beradi”, — dedi u.

 

Kelgusi rejalar

 

Muhammadyusuf hozirda matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikat olish ustida ishlamoqda. Uning ta’kidlashicha, kelajakda chet davlatga chiqish rejalari yo‘q.

 

“Kelajakda chet davlatiga chiqish niyatim yo‘q, balki O‘zbekistondagi Diplomatiya universitetiga 189 maksimal ball bilan o‘qishga kirish. Hozirda 10-sinfda bo‘lishimga qaramay, 2 ta fandan sertifikatga egaman va qolgan 2 ta sertifikatga tayyorlanyapman”, — deydi o‘quvchi.

 

Avvalroq, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muhammadayyub Imomov ingliz tili va matematika fanlarini izchil o‘zlashtirib, xalqaro IELTS 8.0 (C1) va SAT 1210 ball sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.